Soliq qo‘mitasi QQS bo‘yicha qariyb 500 mlrdlik soxta operatsiyalarni aniqladi
Jamiyat
−
22 fevral 2021
7691Davlat soliq qo‘mitasi qo‘shimcha qiymat solig‘i blan bog‘liq soxta operatsiyalar o‘tkazgan shubhali “obnalchi” korxonalar asosan qaysi sohada faoliyat yuritishi bo‘yicha ma’lumot berdi.
Ushbu masalalar yuzasidan har bir hududda ishchi guruhlari tashkil etilgan. Hozirgacha shubhali korxonalar bilan “soxta” operatsiyalarni amalga oshirgan 7 990 ta tadbirkorlik sub’ekti aniqlandi. Ushbu noqonuniy operatsiyalar –
• qurilish sohasida – 35 foiz (201,9 mlrd so‘m),
• savdo sohasida – 25 foiz (467,8 mlrd so‘m),
• ishlab chiqarish sohasida – 18 foiz (96,7 mlrd so‘m),
• xizmat ko‘rsatish sohasida – 14 foiz (69,5 mlrd so‘m)
• boshqa yo‘nalishlarda – 8 foiz (83,5 mlrd so‘m)ni tashkil etdi.
Xususan, joriy yilning 21 fevral holatiga respublika bo‘yicha jami 2 534 ta korxonada 534,6 mlrd so‘mlik asossiz hisob (zachet)ga olingan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) summalariga aniqlik kiritish bo‘yicha kameral soliq tekshiruvlari yakunlandi. Natijada –
“Soxta” operatsiyalar faktlari (498,9 mlrd so‘m) tasdiqlandi:
• qurilishda 943 ta tadbirkorlik sub’ekti (93,5 mlrd so‘m);
• savdoda 658 ta tadbirkorlik sub’ekti (271,8 mlrd so‘m);
• xizmat ko‘rsatishda 293 ta tadbirkorlik sub’ekti (30,6 mlrd so‘m);
• ishlab chiqarishda 344 ta tadbirkorlik sub’ekti (42 mlrd so‘m).
QQS summasini noqonuniy hisob (zachet)ga olish fakti ayrim hollarda qisman tasdiqlandi (8,1 mlrd so‘m):
• qurilishda 22 ta tadbirkorlik sub’ekti (3,2 mlrd so‘m);
• savdoda 23 ta tadbirkorlik sub’ekti (4,1 mlrd so‘m);
• xizmat ko‘rsatishda 8 ta tadbirkorlik sub’ekti (507 mln so‘m);
• ishlab chiqarishda 3 ta tadbirkorlik sub’ekti (254,6 mln so‘m).
QQS summasini to‘g‘ri hisob (zachet)ga olinganligi bo‘yicha 27,6 mlrd so‘mlik asoslantiruvchi hujjatlar taqdim etilgan. Bunga asosan ortiqcha mablag‘larni qaytarish yuzasidan tezkor jarayonlar boshlangan:
• qurilishda 27 ta tadbirkorlik sub’ekti (3,5 mlrd so‘m);
• savdoda 31 ta tadbirkorlik sub’ekti (11,8 mlrd so‘m);
• xizmat ko‘rsatishda 11 ta tadbirkorlik sub’ekti (1,1 mlrd so‘m);
• ishlab chiqarishda 11 ta tadbirkorlik sub’ekti (9,7 mlrd so‘m).
Kameral soliq tekshiruvlari jarayonida 118 ta korxona tomonidan QQS summasini to‘g‘ri hisob (zachet)ga olish bilan bog‘liq boshqa huquqbuzarliklar ham aniqlanib, ularga nisbatan 5,3 mlrd so‘mlik soliqlar qo‘shimcha hisoblandi:
• qurilishda 37 ta tadbirkorlik sub’ekti (2,7 mlrd so‘m);
• savdoda 57 ta tadbirkorlik sub’ekti (2,1 mlrd so‘m);
• xizmat ko‘rsatishda 11 ta tadbirkorlik sub’ekti (317,4 mln so‘m);
• ishlab chiqarishda 12 ta tadbirkorlik sub’ekti (42,8 mln so‘m).
Ta’kidlanishicha, murojaatlarni ko‘rib chiqish davom etmoqda.
Avvalroq, saytimizda tadbirkorlar DSQning harakatlaridan norozi bo‘layotgani haqida maqola e’lon qilingandi. Unda bir necha yuz tadbirkor hisobidagi pul yechib olinganiga norozilik bildirgandi.
Holat yuzasidan Oliy Majlis Senati va Biznes-ombudsman munosabat bildirib, tekshiruv o‘tazilishini qayd etgandi.
LiveBarchasi