DSQ yana 53 ta “obnalchi firma”ni aniqladi
Jamiyat
−
15 mart 2021
8928Qo‘shimcha qiymat solig‘ini to‘lashdan qochishning turli xil sxemalaridan foydalanuvchi “shubhali” korxonalar ro‘yxati kengaydi. Bu haqda DSQ Matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘tkazilgan tekshiruvlarning uchinchi bosqichda yana 53 ta korxona “shubhali” kompaniyalar qatori kiritilib, ularning umumiy soni 578 taga yetdi.
Hozirda davom etayotgan soliq nazorati tadbirlari jarayonida 4 ta korxona ushbu ro‘yxatdan chiqarildi.
Bugungi kunda qo‘mita yangi aniqlangan “shubhali” korxonalarning kontragentlari tomonidan asossiz ravishda hisobga olingan qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarini tahlil qilmoqda. Tahlil natijalariga ko‘ra, ushbu shubhali korxonalar kontragentlarining shaxsiy kabinetlari orqali asossiz hisobga olingan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasiga tuzatish kiritishlari to‘g‘risida xabarnomalar yuboriladi.
Ma’lumot uchun, DSQ tomonidan o‘tkazilgan surishtiruvda birinchi bosqichda 396 ta, ikkinchi bosqichda 129 ta shubhali korxona aniqlangan.
Birinchi va ikkinchi bosqichda aniqlangan 525 ta “shubhali” korxona konragentlarida hozirgacha 97 foiz holatda QQS summasini noqonuniy hisob (zachyot)ga olish fakti tasdiqlangan.
LiveBarchasi