DSQ raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezident qarori bilan Jahongir Ibrohimovich Abdiyev Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 

Jahongir Abdiyev 1982 yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2004 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tashqi iqtisodiy faoliyat mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 

U soliq organlaridagi faoliyatini 2005 yilda Kattaqo‘rg‘on shahar davlat soliq inspeksiyasi inspektori lavozimidan boshlagan. 

Jahongir Abdiyev bunga qadar Davlat soliq qo‘mitasi Xavfni tahlil qilish va soliq to‘lovchilarni segmentlash departamenti direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov DSQ

Baholaganlar

270

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing