O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi maxfiy axborotni himoya qilish bo‘yicha bitim ratifikatsiya qilindi
Jamiyat
−
28 noyabr
947O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi hukumati o‘rtasida maxfiy axborotni o‘zaro himoya qilish to‘g‘risidagi bitim ratifikatsiya qilindi. O‘zbekiston Respublikasining shu haqdagi tegishli qonuni kecha, 27 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi.
19 ta moddadan iborat mazkur bitim 2023 yil 18 may kuni Xitoyning Sian shahrida imzolangan. O‘zbekiston tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati vakolatli organ etib belgilangan.
Bitimda uzatilayotgan va qabul qilinayotgan har qanday shakldagi maxfiy axborotni o‘zaro himoya qilish, shuningdek, milliy qonunchilik bo‘yicha maxfiylik darajasi, maxfiylik (“alohida muhimlik”, “mutlaqo maxfiy”, “maxfiy”) belgilarini taqqoslash, maxfiy axborotni himoya qilish, uni uzatish va undan foydalanish bilan bog‘liq masalalarni aniqlashtirish nazarda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Senatining 58-yalpi majlisida senatorlar Xitoy bilan maxfiy ma’lumotlarni o‘zaro himoya qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qullagandi.
LiveBarchasi