O‘zbekiston va Qozog‘istonning ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, shartnomaning asosiy maqsadi ikki mamlakat mustaqilligi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini va barqaror iqtisodiy rivojlanishini yanada mustahkamlashga qaratilgan davlatlararo munosabatlarning yangi bosqichini shartnoma-huquqiy jihatdan mustahkamlashdan iborat.

Shartnoma tashqi siyosat, mudofaa va xavfsizlik, migratsiya, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, transchegaraviy suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni qabul qilish, parlamentlar, siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash kabi sohalarda yaqin hamkorlikni nazarda tutadi.

Shartnoma ilovasida davlat rahbarlari boshchilik qiladigan O‘zbekiston va Qozog‘iston oliy davlatlararo kengashi to‘g‘risidagi nizom keltirilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Senat Qozog‘iston bilan ittifoqchilikka oid shartnomani ma’qullagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston O'zbekiston ittifoqchilik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing