O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida temir yo‘l aloqasini tiklash kechiktirildi
Jamiyat
−
31 mart 2022
6165Qozog‘iston Respublikasi Nukus – Beyneu va Toshkent – Olma-ota yo‘nalishidagi xalqaro yo‘lovchi poyezdlari qatnovini boshlash sanasini keyingi muddatga ko‘chirdi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bunga qo‘shni davlatda karantin cheklovlari joriy etilgani sabab bo‘lgan.
Mazkur qaror Qozog‘iston Respublikasi hududida koronavirus infeksiyasi paydo bo‘lishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha Idoralararo komissiya yig‘ilishi bayonnomasi bilan tasdiqlangan.
Yo‘l hujjatlarini (chiptalarini) sotib olgan va foydalanilmay qolgan chipta(lar)ning puli temir yo‘l kassalarida to‘liq qiymatda qaytariladi. Yoki, Qozog‘iston Respublikasi bilan chegara o‘tish joylarida sanitariya-epidemiologik vaziyat yaxshilanganda keyingi sanalarga qayta rasmiylashtirib beriladi.
Avvalroq, joriy yilning 1 aprelidan boshlab O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida muntazam poyezd qatnovlari tiklanishi haqida xabar bergandik. Kelasi oy boshidan Nukus – Beyneu – Nukus yo‘nalishida qatnovlar boshlanishi belgilangandi.
Shuningdek, joriy yilning 2 may kunidan Toshkent va Olma-ota o‘rtasida muntazam poyezd harakati yo‘lga qo‘yilishi kerak edi.
LiveBarchasi