O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida 450 metrlik tunnel topildi

Olam

image

O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida 450 metrlik neft mahsulotlarini kontrabanda qilish uchun mo‘ljallangan tunnel yo‘q qilindi. Bu haqda Qozog‘iston Bosh prokuraturasiga tayanib, “Kazinform” xabar berdi.

Qayd etilishicha, bir guruh shaxslar tomonidan Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasi ostida uzunligi 450 metr bo‘lgan tunnel qazilgan. Mazkur tunnel orqali har kuni 5-7 tonna neft mahsulotlari noqonuniy olib o‘tilgan. Ushbu noqonuniy faoliyat taxminan ikki oy davom etgan.

Hozirda jinoiy guruhning barcha a’zolari aniqlangan bo‘lib, ular orasida O‘zbekiston fuqarolari ham bor. O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari ham davlat chegarasining chegaradosh hududlarida xuddi shunday tadbirlarni amalga oshirgan. Bundan tashqari, qo‘shni davlatdan eksport qilingan yoqilg‘i uchun mablag‘ o‘tkazish sxemasi aniqlangan.

Bildirilishicha, ushbu ish doirasida xalqaro jinoiy guruhning Qozog‘iston va O‘zbekiston hududidagi a’zolari qo‘lga olingan. Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Toshkent viloyatining Qozog‘iston bilan chegara hududida noqonuniy yerosti yo‘li (tunnel) aniqlanib, Hindistonda ishlab chiqarilgan 1 mlrd  so‘mlik dori vositalari olingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

chegara O'zbekiston-Qozog'iston tunnel'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing