Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni tabrikladi
Jamiyat
−
06 iyul 13328 1 daqiqa
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 6 iyul kuni Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O‘zbekiston rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari 85 yoshga to‘lgan Nursulton Nazarboyevni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar tiladi.
Shuningdek, telefon muloqotida O‘zbekiston-Qozog‘iston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining bugungi darajasi, ko‘p qirrali hamkorlik barcha yo‘nalishlarda jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Ma’lumot uchun, Nursulton Nazarboyev 1940 yil 6 iyulda Qozog‘istonning Olmaota viloyatida tug‘ilgan. U 1991 yildan 2019 yilgacha Qozog‘iston prezidenti bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev Buxoro shahrini ziyorat qilish uchun O‘zbekistonga kelgandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahrida bo‘lib, hududda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning borishi va avvalgi tashriflar davomida belgilab berilgan topshiriqlarning ijrosi bilan tanishgandi. Tashrif davomida qadimiy me’moriy obidalarni ziyorat qilish uchun Buxoroga kelgan Nazarboyev bilan norasmiy uchrashuv ham o‘tkazgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr