O‘zbekiston va Qirg‘iziston yer almashadi
Olam
−
18 fevral 2021
59540Joriy yilning mart oyi birinchi dekadasida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida chegara bo‘yicha muzokaralar qaytadan boshlanadi. Bu haqda “AKIpress” nashri Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) rahbari Kamchibek Toshiyevga tayanib, xabar berdi.
Toshiyev o‘tgan yil dekabr oyida Qirg‘izistonga O‘zbekistondan 20 kishilik delegatsiya kelganini eslatib o‘tgan.
“Oxirgi protokol tungi soat 3:00 da imzolandi. Ular qarshilik ko‘rsatdi, biz ham qarshilik ko‘rsatdik. Natijada tungi soat 3:00 da protokol imzolandi. Muzokaralar shunday davom etadi, tortishuvlar bo‘lib o‘tadi, ba’zan juda qizg‘in. Natijada, biz bir to‘xtamga keldik”, degan Toshiyev.
Unga ko‘ra, protokolga muvofiq Ala-Bukdagi (Qirg‘zistonning Jalolobod viloyati tumani) uchastkalar O‘zbekiston o‘tadi va Qirg‘iziston buning evaziga Suzoqdagi hududlarni oladi.
Kamchibek Toshiyev mamlakat Tojikiston bilan ham chegara bo‘yicha muzokaralarni boshlashini aytib o‘tdi.
MXDQ rahbariga ko‘ra, Qirg‘iziston davlat chegarasini mustahkamlaydi. Xususan, Chegara xizmati o‘tgan yili MXDQ boshqaruviga berilgandi.
Bundan tashqari, Toshiyev chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha hukumatlararo delegatsiya rahbari hisoblanadi.
LiveBarchasi