O‘zbekiston bilan chegarada yangi o‘tkazish punktlari ochmoqchimiz – Kuluboyev
Olam
−
29 aprel 2022
104892022 yilda O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida qo‘shimcha 3-4 nazorat-o‘tkazish punkti (NO‘P) ochilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Jeenbek Kuluboyev ma’lum qildi.
Deputat Eldar Sulaymonov (“Ata-Jurt Qirg‘iziston”) Jogorku Kenesh yig‘ilishida Chekobod qishlog‘ida post bo‘lganini, lekin yopilib ketganini ma’lum qilgan.
“Mendagi ma’lumotlarga ko‘ra, chegarani ochish uchun Qirg‘izistonga 40 kishidan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi keladi. Sizdan yordam berishingizni iltimos qilaman”, degan deputat.
Jeenbek Kuluboyev bu masala Qirg‘iziston va O‘zbekiston Bosh vazirlari uchrashuvida ko‘tarilganini ma’lum qildi.
“Biz shart-sharoitni hisobga olishimiz kerak, ularning tomoni nima ish qiladi va bizniki nima qiladi. Biz bu masalani anchadan beri muhokama qilmoqdamiz, bu yil 3-4 ta nazorat-o‘tkazish punktini ochish uchun sharoit yaratamiz”, deya qo‘shimcha qilgan vazir.
LiveBarchasi