O‘zbekiston va Gruziya Markaziy Osiyoni Janubiy Kavkaz bilan bog‘laydigan transport yo‘lagi quradi

Jamiyat

image

Bugun, 19 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Gruziya tashqi ishlar vaziri Iliya Darchiashvili bilan uchrashuv o‘tkazdi. Iliya Darchiashvili Gruziya Bosh vaziri Irakli Garibashvili boshchiligidagi delegatsiya tarkibida O‘zbekistonga kelgan.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar davlatlararo hamkorlikning dolzarb masalalarini atroflicha muhokama qilgan. Siyosat, iqtisodiyot, transport, turizm va madaniyat sohalaridagi aloqalarni jadallashtirish bo‘yicha aniq takliflar ko‘rib chiqilgan.

Transport-tranzit sohasida o‘zaro hamkorlik uchun salmoqli salohiyat mavjudligi qayd etilgan. Xususan, O‘zbekiston logistika markazlari va Gruziya dengiz portlaridan tovarlarni eksport qilish va import qilishda samarali foydalanish, yuklarni tashishda o‘zaro asnoda chegirmalar va imtiyozlar berish, Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazni bog‘laydigan transport yo‘laklari tizimini yaratish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish muhimligi ta’kidlangan.

Muloqot davomida tomonlarning xalqaro institutlar doirasidagi hamkorlikni davom ettirishga tayyorligi urg‘ulangan. Shuningdek, madaniy-gumanitar almashinuvlarni jadallashtirish maqsadida O‘zbekiston va Gruziya madaniyat va kino kunlarini o‘tkazish, shuningdek, birgalikda ilmiy-texnik tadqiqotlarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib olingan.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi va Gruziya Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2022-2024 yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturi imzolangan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Gruziya

Baholaganlar

59

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing