Aripov Garibashvili bilan uchrashdi (video)

Olam

image

O‘zbekiston Respublikasai Bosh vaziri Abdulla Aripov Gruziyaga borib, mamlakat Hukumati raisi Irakliy Garibashvili bilan uchrashdi. Bu haqda Gruziya Vazirlar Mahkamasi saytida xabar berildi. 

Garibashvili hukumat va gruzin xalqi nomidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni saylovdagi g‘alabasi bilan tabriklab, O‘zbekiston va o‘zbek xalqiga muvaffaqiyatlar tilagan. 

Bosh vazirlar yuzma-yuz uchrashuvda savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlikni muhokama qilgan. Irakliy Gariboshvilining ta’kidlashicha, 2021-2022 yillarda o‘zaro tovar ayirboshlashda sezilarli o‘sish kuzatilgan, Gruziya O‘zbekiston Respublikasini muhim hamkor deb biladi, sarmoyalarni jalb etishda hamkorlik qilishdan manfaatdor va o‘zbekistonlik investorlarni Gruziyada ko‘rishdan mamnun. 

Tomonlar iqtisodiyot sohasidagi hamkorlik salohiyatidan to‘liq foydalanishga, savdo aloqalarini chuqurlashtirish yo‘lida hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirgan.

Hukumat  rahbarlari Gruziyaning tranzit salohiyati, “O‘rta yo‘lak”ni rivojlantirish muhimligini ham muhokama qilgan va mazkur transport yo‘nalishini xalqaro formatda ilgari surish muhimligi aytilgan. 

Yuzma-yuz uchrashuvdan keyin muzokaralar delegatsiyalar ishtirokida kengaytirilgan tarkibda davom etgan. Tomonlar Gruziya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini muhokama qilgan.  

Kengaytirilgan uchrashuvdan so‘ng Gruziya va O‘zbekiston bosh vazirlari Gruziya va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma amaliy chora-tadbirlar rejasini imzolagan. 

Shuningdek, Gruziya Savdo-sanoat palatasi va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida Gruziya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashini tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolangan. Hujjatni O‘zbekiston tomonidan Gruziya Savdo-sanoat palatasi prezidenti Giorgi Pertaya, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov imzolagan.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulla Aripov Abxaziya O'zbekiston-Gruziya Janubiy Osetiya Irakliy Garibashvili

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing