Ortiqxo‘jayev Shota Rustaveli haykali atrofidagi xiyobon rekonstruksiya qilinishini aytdi

Jamiyat

image

Toshkentdagi Shota Rustaveli haykali atrofidagi xiyobonni rekonstruksiya qilinadi. Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev kecha, 27 may kuni Gruziyaning Favqulodda va Muxtor elchisi Zurab Abdushelishvili bilan uchrashuvda shunga kelishib oldi.

Uchrashuvda Ortiqxo‘jayev va elchi Shota Rustavelli haykali atrofidagi xiyobon rekonstruksiya qililishiga kelishgan. Shahar hokimi hozirgi kunda shu nomdagi kecha hamda haykalini rekonstruksiya qilish loyihasi ishlab chiqilayotganini aytgan.

Ortiqxo‘jayev O‘zbekiston bilan Gruziya, xususan, davlatlar poytaxtlari o‘rtasida bu borada amaliy muloqotni yo‘lga qo‘yish zaruratini ta’kidlagan.

Shuningdek, u tez orada O‘zbekistonga Gruziya Bosh vazirining tashrifi kutilayotganini, tashrif doirasida Toshkent bilan Tbilisi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha, shuningdek, ikki mamlakat Badiiy akademiyalarining hamkorligi bo‘yicha Memorandumlarni imzolash rejalashtirilganini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jahongir Ortiqxo'jaev O'zbekiston-Gruziya

Baholaganlar

55

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing