Gruziya o‘zbekistonliklar uchun havo chegaralarini ochdi
Olam
−
06 mart 2021
3051Gruziya hukumati O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari uchun havo chegaralarini ochdi. Bu haqda kecha, 5 mart kuni muvofiqlashtirish kengashi qaror qildi. B haqda mamlakat hukumati matbuot xizmati xabar berdi.
Gruziyaga uchish uchun ushbu mamlakat fuqarolaridan parvozdan 72 soatdan uzoq bo‘lmagan muddat ichida topshirilgan manfiy PZR-test natijalari talab qilinadi. Mamlakatga kelganidan uch kun o‘tgach, mehmonlar takroran test topshirishlari kerak bo‘ladi.
Shu bilan birga, sayyohlar uchun dengiz va quruqlik chegaralari hamon yopiqligicha qolmoqda.
Gruziyada epidemiologik vaziyat yaxshilangani sababli, 1 fevraldan mamlakatda muntazam aviaqatnovlarga bo‘lgan cheklov olib tashlandi. Ushbu cheklovlar Gruziyada 2020 yil mart oyidan beri amal qilayotgan edi.
LiveBarchasi