O‘zbekiston va Hindiston Hukumatlari o‘rtasidagi bitim kuchga kirdi
Jamiyat
−
04 aprel 2019 5688 1 daqiqa
Bugun, 4 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Hindiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida diplomatik pasport egalarini viza talabidan ozod etish to‘g‘risidagi Bitim kuchga kirdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur hujjat Dehli shahrida 2018 yilning 1 oktyabr kuni imzolangandi.
Hujjatga binoan diplomatik pasportga ega O‘zbekiston Respublikasi va Hindiston Respublikasi fuqarolari ikki tomon hududlariga viza rasmiylashtirmasdan 60 kungacha kirish, chiqish va unda bo‘lish huquqiga egadir.
Bitim diplomatik pasportga ega bo‘lgan ikki davlat rasmiy vakillarining o‘zaro safarlari chog‘ida tashkiliy masalalarni tezda hal qilish imkonini beradi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025