O‘zbekiston Turkmaniston ustidan g‘alaba qozondi

Sport

image

Bugun, 2 sentyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Turkmanistonga qarshi to‘p surdi va 1:2 hisobda g‘alaba qozondi. 

CAFA Nations Cup-2025 musobaqasi doirasida bo‘lib o‘tgan o‘yin Toshkentdagi ”Olimpiya” stadionida o‘tkazildi. Turkmanistonga qarshi o‘yin 1:2 hisobida yakunlandi. Dastlab, 37-daqiqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Igor Sergeyev hisobni ochdi. 44-daqiqada ham Sergeyevning o‘zi penaltidan gol urib, hisobni 0:2 ko‘rinishiga keltirdi. Raqib jamoadan esa, Didar Durdiyev 83 daqiqada penaltidan O‘zbekiston darvozasiga gol kiritdi va hisob 1:2 ko‘rinishiga yetdi. 

Ma’lumot uchun, CAFA Nations Cup-2025 musobaqasida 8 ta milliy terma jamoa ishtirok etmoqda. O‘yinlar Toshkent va Tojikistonning Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadi. 

O‘zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi o‘yinni 5 sentyabr kuni Qirg‘izistonga qarshi o‘tkazadi.

Guruhda 1-o‘rinni egallagan jamoalar 8 sentyabr kuni finalda to‘qnash keladi.

Qayd etish joiz, 30 avgust kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Ummonga qarshi to‘p surib, 1:1 hisobdagi durang natijani qayd etgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov jarohat olgani sabab CAFA Nations Cup-2025 turnirida ishtirok etolmasligi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Turkmaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing