O‘zbekiston tarixiy Jahon chempionatini 1-o‘rinda yakunladi
Sport
−
11 noyabr
157705-10 noyabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan aralash jang san’ati turlari bo‘yicha birinchi Jahon chempionatining kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan bellashuvlarida o‘zbekistonlik jangchilar jami 12 ta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.
Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda -61.2 kg da Jamshid Tillayev, -65.8 kg da Zafar Rashidov va -97 kg vaznda Asrorbek Anvarjonov oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, -52.2 kg da Qarshi Usmonov kumush medalga sazovor bo‘ldi.
O‘z vaznlarida Firdavs Hayitmatov, Shamshod Shukurov, Islombek Qodirov va Humoyiddin Muxtorov, ayollardan Natalya Kadirova, O‘g‘iloy Jumanova, Gulsara Kazakbayeva va Mashhura Yo‘ldosheva bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Yoshlar o‘rtasida final bellashuvlarida 8 nafar O‘zbekiston vakili chempionlik uchun jang qildi. E’tiborlisi, O‘zbekiston yoshlar jamoasi ham kattalar kabi umumjamoa hisobida 1-o‘rinni band etdi. Yoshlar jamoasi jami 18 ta medalga sazovor bo‘ldi.
O‘z vaznida Zafarjon Asatov, Mirjalol O‘rolov, Muzayana Sadriddinova va Xurshida Roziqova jahon chempioni degan nomga sazovor bo‘ldi.
Firdavs Atamuradov, Sarvarbek Hasanov, Ra’no Nasriddinova hamda Mahliyo Abdumannopova kumush, Shohjahon Temirov, Ilhomjon Borisov, Suhrob Boymatov, Islombek Quvonchiyev, Yusufboy Ahmedov, Muhsinjon Mo‘minjonov, Odinaxon Abdug‘aniyeva, Shohsanam Amaniyazova va Xadichabonu Tursunqulovalar bronza medaliga ega chiqdi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr