O‘zbekiston Superligasi 5 iyundan davom ettiriladi
Sport
−
30 may 2020
7580O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan O‘zbekistonda amaldagi karantin talablari 2020 yil 15 iyunga qadar uzaytirildi va qo‘shimcha yengilliklar berildi.
Komissiya qarori bilan futbol bo‘yicha xalqaro va ichki musobaqalarga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rish hamda ularda qatnashish maqsadida professional futbol klublariga o‘z o‘quv mashg‘ulotlarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda boshlashga hamda 2020 yil 5 iyundan boshlab O‘zbekiston professional futbol ligasi chempionatlarini tomoshabinlar ishtirokisiz davom ettirishga ruxsat berildi.
Eslatib o‘tamiz, 15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanishning ilk holati tasdiqlangach, sport musobaqalari ham to‘xtatilgandi. Superliga bahslari endi 4-turdan davom etadi.
LiveBarchasi