O‘zbekiston siyosatchilari ta’ziya bildirish uchun Rossiya elchixonasiga bordi (foto)
Jamiyat
−
24 mart
16852O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddinjon Ismoilov, uning birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining rahbari Ulug‘bek Inoyatov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov, Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va qator rasmiylar Moskvada yuz bergan terakt munosabati bilan ta’ziya bildirish maqsadida Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasiga bordi. Bu haqda elchixona matbuot xizmati xabar berdi.
"O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov boshchiligidagi delegatsiya, O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev boshchiligidagi delegatsiya Rossiya xalqiga qo‘llab-quvvatlash so‘zlarini izhor etish uchun elchixonaga keldi", deyiladi xabarda.
Shuningdek, O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri ham rus xalqiga hamdardlik bildirgani va hech qanday asosga ega bo‘lmagan zo‘ravonlik va terrorizmning barcha ko‘rinishlarini keskin qoralashini urg‘ulagan.
"Biz rus xalqining ushbu qiyin sinovni yengib o‘tish, tinchlik va xavfsizlikka intilishni davom ettirish kuchiga ishonamiz", deya qayd etgan vazir o‘z ta’ziyanomasida.
Eslatib o‘tamiz, 22 mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rossiyalik mavqedoshi Vladimir Putinga ta’ziya xati yo‘llagan edi. O‘zbekiston TIV Moskvada sodir etilgan teraktni qoraladi. Kecha, 23 martda Shavkat Mirziyoyev Putinga qo‘ng‘iroq qilib, yana bir bor chuqur hamdardlik bildirdi. Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva Moskvada sodir etilgan terakt munosabati bilan Rossiya Federal Kengashi Raisi Valentina Matviyenko va Davlat Dumasi Raisi Vyacheslav Volodinga ta’ziya maktubini yo‘lladi. Prezident xavfsizlik xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari, Prezident Shavkat Mirziyoyevning kuyovi Otabek Umarov ham “Krokus Siti Holl” konsert zalida yuz bergan terrorchilik harakatlariga ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida o‘z munosabatini bildirdi.
LiveBarchasi