O‘zbekiston Rossiyadan gaz import qilishga tayyor – RIA Novosti
Jamiyat
−
25 Sentabr 2023
8236O‘zbekistondagi infratuzilma 1 oktyabrdan boshlab Rossiyadan tabiiy gaz importi uchun tayyor holga keltirildi. Bu haqda RIA Novosti ma’lum qildi.
Nashrning O‘zbekiston Energetika vazirligidan iqtibos keltirishicha, 1 oktyabrdan mamlakat Rossiya gazini qabul qilishga tayyor. Gaz quvurlari yuqori bosimli gazni qabul qilishga moslashtirilgan.
Shuningdek, joriy yilning 16 iyun kuni O‘zbekiston hukumati va “Gazprom” Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida tabiiy gaz importi bo‘yicha shartnoma imzolagan va keyinroq O‘zbekiston tomoni kelishuv ikki yilga tuzilgani hamda yetkazib berish 1 oktyabrdan boshlanishi haqida ma’lum qilgan edi. Kelishuvga ko‘ra, xarid hajmi yiliga qariyb 2,8 mlrd kub metrni tashkil qiladi.
“Hozirda O‘zbekistondagi neft-gaz korxonalarida yiliga qariyb 70 mlrd kub metr tabiiy gaz va 8 mln tonna suyuq uglevodorod qazib olish imkoni bor. Ammo zaxiralarning tugashi va texnologik yo‘qotishlar tufayli so‘nggi 15 yil ichida uglevodorod qazib olish sezilarli darajada kamaygan.
Masalan, 2022 yil yakuniga ko‘ra, respublikada tabiiy gaz qazib olish 2021 yilga nisbatan 4 foizga kamayib, 51, 665 mlrd kub metrni tashkil qilgan bo‘lsa, neft qazib olish 2023 yilning yanvar-iyun oylarida 9,6 foizga kamaygan va 23,565 mlrd kub metrni tashkil etgan”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Rossiya gazi Qozog‘iston orqali o‘tadigan “Markaziy Osiyo – Markaz” gaz quvuri orqali O‘zbekistonga yetkazib beriladi.
Mashhura Imomova
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr