O‘zbekiston Rossiyadan olayotgan gaz hajmini 4 baravar oshirmoqchi – OAV

Jamiyat

image

O‘zbekiston Rossiyadan gaz yetkazib berish hajmini deyarli to‘rt baravar oshirmoqchi. Amaldagi shartnomada kuniga 9 million kub metr gaz olish nazarda tutilgan bo‘lsa, endilikda uni 32 millionga oshirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda o‘zi tanishib chiqqan hujjatlarga tayanib, “Vedomosti” nashri xabar berdi. 

Qayd etilishicha, 2024-2030 yillarda shimoldan magistral gaz quvurlari tizimini modernizatsiya qilish hisobiga nasos hajmini oshirish rejalashtirilgan, buning uchun 500 million dollar yo‘naltiriladi. 

“O‘zbekistonga Rossiyadan gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnoma 2023 yil iyun oyida tuzilgan edi. Ilgari uni mamlakatning o‘zi ishlab chiqargan va eksport qilgan, shu jumladan Xitoy va Rossiyaga ham”, deyiladi xabarda.

“Vedomosti”ning ta’kidlashicha, O‘zbekiston “Gazprom”ga 2020 yilgacha gaz yetkazib bergan. Masalan, 2019 yilda 4,9 milliard kubometr sotilgan, ammo keyinchalik gaz yetishmasligiga duch kelingan.

Kelishuvlarga ko‘ra, O‘zbekistonga yetkazib berish oktyabr oyida boshlangan, gazning sutkalik hajmi 9 million kub metrni tashkil qiladi, yillik esa taxminan 2,8 milliard kub metr. Agar yetkazib berish kuniga 32 million kub metrgacha oshsa, yillik hajmi 11,68 milliard kubometrni tashkil qiladi. 

“Gazprom” rahbari Aleksey Miller 2023 yil dekabr oyida O‘zbekistonga gaz yetkazib berish imzolangan shartnoma bo‘yicha kunlik majburiyatlarga nisbatan ikki baravar oshirilganini ma’lum qilgan. 

“Shunday qilib, respublika “Markaziy Osiyo – Markaz” gaz quvuri orqali yetkazib berilishi mumkin bo‘lgan texnik jihatdan mumkin bo‘lgan maksimal gaz hajmini oldi”, deydi Miller.

Eslatib o‘tamiz, “Gazprom” 2024 yilning yozida bo‘ladigan Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekiston bilan gaz yetkazib berish bo‘yicha yangi shartnoma tuzishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi. 


Maqola muallifi

Teglar

gaz Rossiya O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing