5 ta hududda 1,2 mlrd sömlik gaz va “svet”ni öğirlaganlar uşlandi
3-sahifa
−
19:48 568 2 daqiqa
Özbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalaniş oqibatida davlatga 1 milliard 281,5 million sömlik zarar yetkazilgani aniqlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Xorazm viloyatining Xiva şahrida “M.D.” oilaviy korxonasi mas’ullari “Oq yop” MFY hududidagi binoda umumiy foydalanişdagi elektr tarmoğiga özboşimçalik bilan töğridan töğri ulanib, 542,3 million sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Şuningdek, Toşkent viloyatining Nurafşon şahrida fuqaro M.A. “Dehqonobod” MFY hududidagi xonadonida elektr tarmoğiga noqonuniy ulanib, 186,2 million sömlik elektr energiyasini talon-toroj qilgani aniqlangan.
Andijon viloyatining Uluğnor tumanida esa “Z.X.” nomli yakka tartibdagi tadbirkor “Obod” MFY hududidagi avtomobil yuviş şoxobçasini umumiy foydalanişdagi elektr tarmoğiga noqonuniy ulab, 116,3 million sömlik elektr energiyasidan foydalangan.
Tabiiy gazdan noqonuniy foydalaniş holatlari ham aniqlangan. Jumladan, Toşkent tumanida fuqaro K.O. “Ayriota” MFY hududidagi xonadonida gaz tarmoğiga özboşimçalik bilan ulanib, 106 million sömlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.
Ohangaron tumanida fuqaro U.I. “Pargos” MFY hududidagi dala hovlida gaz hisoblagiçga taşqi ta’sir körsatib, 219,2 million sömlik tabiiy gazni noqonuniy işlatgan. Toşloq tumanida esa fuqaro R.D. “Qirğuli” MFY hududidagi xonadonida gaz tarmoğiga töğridan-töğri ulanib, 111,5 million sömlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.
Bildirilişiça, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Farğona viloyati Yozyovon tumanida fuqaro elektr tarmoğiga noqonuniy ulanib, 547,2 mln sömlik elektr energiyasidan foydalangani aniqlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiOzon teshigi rekord darajada kengaydi
06 Noyabr