O‘zbekiston Putinning saylovdagi g‘alabasiga ishonadi – Mirziyoyev
Jamiyat
−
22 fevral
7087O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mart oyida bo‘lib o‘tadigan Rossiya Prezidenti saylovlarida Vladimir Putinning g‘alaba qozonishiga ishonch bildirdi. Bu haqda u kecha, 21 fevral kuni Rossiya rahbari bilan Qozonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda so‘z ochdi.
"Tez orada Rossiyada katta siyosiy voqea – prezidentlik saylovlari bo‘ladi. Ishonchimiz komilki, Rossiya xalqi allaqachon ovoz bergan. O‘zbekiston sizning mutlaq g‘alabangizga ishonadi. Biz kelishib olganimizdek, dastlabki tashriflardan biri O‘zbekistonga bo‘ladi”, degan Mirziyoyev.
O‘zbekiston rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u ushbu tashrifga “juda jiddiy” tayyorgarlik ko‘rmoqda.
“Men butun jamoamga bu tashrif har doimgidek tarixiy, barcha sohalarga oid voqealarga boy bo‘lishi kerakligini aytdim”, deya qo‘shimcha qilgan Mirziyoyev.
Ma’lumot uchun, Rossiya Prezidenti saylovlari 2024 yil 15-17 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Saylovlar uchun byulletenga to‘rtta nomzod kiritiladi: Leonid Slutskiy, Nikolay Xaritonov, Vladislav Davankov va amaldagi davlat rahbari Vladimir Putin. Rossiya Markaziy saylov komissiyasi Boris Nadejdinni prezidentlik saylovlarida nomzod sifatida ro‘yxatga olmadi.
LiveBarchasi