O‘zbekiston prezidentligiga yana bir da’vogar kimligi aniq bo‘ldi
Jamiyat
−
12 may 2023
18399Xalq demokratik partiyasidan Ulug‘bek Ilyosovich Inoyatov prezidentlikka nomzod sifatida partiyaning Qurultoyida ko‘rib chiqish uchun ma’qullandi. Bu haqda O‘za xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, bugun 12 may kuni O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining navbatdan tashqari plenumi bo‘lib o‘tgan.
Plenumda 2023 yil 9 iyul kuni o‘tkazilishi belgilangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining ishtiroki to‘g‘risida masala muhokama etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga partiya elektorati, tarafdor va faollari tomonidan tavsiya etilgan Ulug‘bek Ilyosovich Inoyatov nomzodi partiyaning Qurultoyida ko‘rib chiqish uchun ma’qullangan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 11 may kunm Abdushukur Xudoyqulovich Hamzayev Ekologik partiyadan Prezidentlik uchun nomzodini qo‘ygan edi.
LiveBarchasi