Xalq demokratik partiyasidan deputatlikka nomzodlar ko‘rsatildi
Jamiyat
−
06 Sentabr
6382O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining XIV Qurultoyida saylovoldi dasturi tasdiqlandi.
XDP parlament saylovlariga qanday g‘oyalar bilan kirmoqda?
Qurultoyda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2019-2024 yillarga mo‘ljallangan dasturining amalga oshirilishi natijalari hamda 2024-2029 yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturida ilgari surilayotgan muhim tashabbuslar e’lon qilindi.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi Ulug‘bek Inoyatovning ta’kidlashicha, 2019-2024 yillarga mo‘ljallangan dasturning 82 bandida belgilangan taklif va tashabbuslarning 70 dan ortig‘i amalga oshirilishiga erishilgan.
Shuningdek, 2025-2029 yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturiga ham 100 ta tashabbus kiritilganligi ma’lum qilindi. Jumladan, adolatli pensiya tizimini joriy etish, aholining dori vositalariga qaramligini qisqartirish, maktablarda chet tillari va IT sohasini o‘rganish qamrovini keskin oshirish, o‘zini o‘zi band qilganlar faoliyatini olib borishi uchun zarur sharoitlarni yaxshilash, uy-joy qurilishi ishtirokchilarning huquqlarini kafolatli himoya qilish kabi masalalar dasturda alohida o‘rin egallagan.
Shu bilan birga, qurultoyda XDPning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylovlarda proporsional tizim asosida ishtirok etuvchi 100 nafar nomzodlaridan iborat partiyaviy ro‘yxati va majoritar tizim asosida ishtirok etuvchi 75 nafar nomzodlari taqdim etildi.
LiveBarchasi