O‘zbekiston prezidentligiga uchinchi nomzod ma’lum bo‘ldi 

Jamiyat

image

Robaxon Mahmudova Anvarovna nomzodi "Adolat" sotsial-demokratik  partiyasidan prezidentlikka nomzod sifatida partiyaning Qurultoyida ko‘rib chiqish uchun ma’qullandi. Bu haqda O‘za xabar berdi.

Ma’lumot uchun, u Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha sud raisi lavozimida ishlagan. 2008 yil 29 avgustgacha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi lavozimida ishlab kelgan. 2017-2020 yillarda O‘zbekiston Prezidentining Farg‘ona viloyatidagi Xalq qabulxonalari mudiri lavozimida ishlagan.

2020 yil yanvar oyida IV chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatori, Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi etib saylangan. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining 2020 yil 13 iyuldagi qarori bilan Robaxon Mahmudova O‘zbekiston Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari etib saylangan.

2020 yil 6 martda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 11 may kunm Abdushukur Xudoyqulovich Hamzayev Ekologik partiyadan Prezidentlik uchun nomzodini qo‘ygan edi. Bugun, 12 may kuni esa Xalq demokratik partiyasidan Ulug‘bek Ilyosovich Inoyatov prezidentlikka nomzod sifatida partiyaning Qurultoyida ko‘rib chiqish uchun ma’qullandi


Maqola muallifi

Teglar

Adolat prezidentlikka nomzod Robaxon Mahmudova Anvarovna

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing