O‘zbekiston prezidentligiga saylovoldi tashviqotlar qachondan boshlanishi ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
05 iyun 2023
5910Bugun, 5 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasining Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyalar tomonidan tasdiqlangan to‘rt nafar nomzodni O‘zbekiston prezidentligiga nomzod sifatida ro‘yxatga oldi. Saylovoldi tashviqotlari joriy yilning 7 iyundan boshlanishi belgilandi.
MSKning navbatdagi majlisida Xalq demokratik partiyasidan Ulug‘bek Ilyosovich Inoyatovni, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Robaxon Anvarovna Maxmudovani hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasidan Abdushukur Xudoyqulovich Hamzayevni O‘zbekiston prezidentligiga nomzod etib ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan.
Shuningdek, majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqotini o‘tkazish masalasi muhokama etilgan. Prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti joriy yilning 7 iyunidan boshlanishi qayd etilib, qaror qabul qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Markaziy saylov komissiyasi joriy yil 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar smetasini ishlab chiqqandi.
LiveBarchasi