“O‘zbekiston pochtasi” qator davlatlarga xalqaro jo‘natmalarni tiklamoqchi
Jamiyat
−
20 mart 2020
4073Joriy yilning 16 martidan boshlab koronavirusning O‘zbekistonda tarqalishi munosabati bilan barcha mamlakatlarga havo, temir yo‘l va avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish to‘xtatildi.
Shu sababli, “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tegishli choralarni ko‘rgan holda, xalqaro pochta jo‘natmalarini yuborish va etkazib berish jarayonini yo‘lga qo‘yish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solmoqda.
Global xavfsizlik choralarining kuchayishi tufayli havo va temir yo‘llari transportlari doimiy ravishda turli mamlakatlarga parvozlar rejasi o‘zgartirilmoqda yoki kamaytirilmoqda. Ko‘plab yo‘nalishlarga havo transporti qatnovi butunlay to‘xtatilgan. Havo transportining to‘xtatilishini inobatga olgan holda, “O‘zbekiston pochtasi” AJ yer usti transporti orqali yuboriladigan pochta jo‘natmalarini quyidagi davlatlarga qabul qiladi: Avstriya, Belgiya, Bolgariya, Vengriya, Buyuk Britaniya, Gretsiya, Germaniya, Daniya, Italiya, Irlandiya, Ispaniya, Kipr, Lyuksemburg, Latviya, Malta, Gollandiya, Portugaliya, Polsha, Ruminiya, Sloveniya, Slovakiya, Fransiya, Finlyandiya, Xorvatiya, Chex respublikasi, Shvetsiya, Estoniya, Ukraina, Xitoy, Litva, Belarus, Qozog‘iston, Turkmaniston, Rossiya.
Transport aloqalari tiklanishiga qarab ushbu davlatlar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritib boriladi. O‘zbekiston Respublikasi hududidagi ichki jo‘natmalar doimiy yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr