“O‘zbekiston pochtasi” xalqaro aviapochta jo‘natmalarini qisman tikladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirus (COVID-19) epidemiyasi bo‘yicha e’lon qilingan karantin rejimi vaqtida 20 martdan boshlab “O‘zbekiston pochtasi” AJ yuboriladigan pochta jo‘natmalarini yer usti transporti orqali boshqa davlatlarga yuborayotgan edi.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ 2020 yil 20 apreldan boshlab xalqaro aviapochta jo‘natmalarini yuborishni qisman tikladi.

Hozirda 38 ta davlatga xalqaro aviapochta jo‘natmalarini qabul qilish boshlandi. Jo‘natmalar yuk tashishni amalga oshiruvchi aviaqatnovlar orqali joriy yil 20 apreldan 1 iyungacha dunyoning 38 davlatiga “Extra” tarif rejasi asosida xalqaro aviapochta jo‘natmalarini yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi.

Avvalroq, “O‘zbekiston pochtasi” qator davlatlarga xalqaro jo‘natmalarni tiklamoqchi ekani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston pochtasi jo'natma

Baholaganlar

91

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing