Ayrim pochta bo‘limlarida davlat va bank xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi

Jamiyat

image

“O‘zbekiston pochtasi” AJning olis hududlardagi bo‘limlarida davlat xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev milliy pochta tizimini isloh qilish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda shunday topshiriq berdi.

Yig‘ilishda soha daromadini ta’minlash uchun yana bir manba – uncha murakkab bo‘lmagan davlat xizmatlarini pochta bo‘limlarida ham yo‘lga qo‘yiladi. Shu nuqtai nazardan, “O‘zbekiston pochtasi” AJning olis hududlardagi 300 ta bo‘linmasida 13 xil davlat xizmati ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha topshiriq berildi.

Shuningdek, dastlab Sergeli, Yangiqo‘rg‘on va Toshkent tumanlaridagi pochta bo‘linmalarida naqd pul inkassatsiyasi, plastik karta amaliyoti kabi bank xizmatlarini joriy etish vazifasi qo‘yildi.

Yig‘ilishda yakuniy manzilga yetkazish tizimini tumanlarda tajribadan o‘tkazib, kelgusi yil 1 martdan viloyat markazlarida, 1 iyuldan mamlakat bo‘yicha joriy etish rejasi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston pochtasi

Baholaganlar

46

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing