O‘zbekiston Paralimpiya delegatsiyasi Toshkentga yetib keldi. Ularga qanday mukofotlar topshiriladi?

Sport

image

Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi hozirgina Toshkent Xalqaro aeroportiga qo‘ndi. Bu haqda voqea joyidan QALAMPIR.UZ muxbiri xabar qildi. Delegatsiyaning barcha a’zolari sog‘-omon hamda to‘liq tarkibda Toshkentga yetib keldi.

Ular Toshkent shahri bo‘ylab ikki qavatli avtobuslarda poytaxtni sayr qiladi, shundan so‘ng “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga yo‘l oladi. U yerda sportchilarni tantanali taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, oltin medalni qo‘lga kiritgan sovrindorlarga Chevrolet Tahoe rusumli avtomobil hamda 200 ming AQSH dollari, kumush medal qo‘lga kiritgan sportchilarga esa, Traverse avtomobili hamda 100 ming AQSH dollari bronza olgan sovrindorlarga esa Traiblazer rusumli avtomobil hamda 50 ming AQSH dollari miqdorida pul mukofoti berilishi ko‘zda tutilgan.

 Ma’lumot uchun: O‘zbekiston delegatsiyasi sportchilari 19 ta medalga ega chiqdi: 8 ta oltin, 5 ta kumush, 6 ta bronza.


Maqola muallifi

Teglar

Tokio-2020 Paralimpiada

Baholaganlar

1023

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing