O‘zbekiston pandemiyaga avvaldan tayyor edimi?
Jamiyat
−
06 may 2020
3780Bugun, 6 may kuni AOKA shtabida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Xabibulla Oqilov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Brifingda Oqilov aholi tamonidan berilgan bir qancha savolga javob berib o‘tdi.
Savol: Pandemiya boshlanishidan avval O‘zbekistonda tayyorgarlik qay darajada edi?
Xabibulla Oqilov: Xitoyning Uhan shahrida epidemiya boshlanib, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dunyo bo‘ylab pandemiya ehtimolini e’lon kilgan kunda O‘zbekistonda Maxsus komissiya tashkil qilinib, barcha tayorgarlik ishlari oldindan boshlangan.
Maxsus kiyim-kechak, niqoblar, dori-darmonlar, dezinfeksiya vositalari, kerakli asbob-uskunalar keltirilgan, shuningdek, tibbiyot mutaxassislari COVID-19 ni davolash bo‘yicha malaka oshirish kurslarida tayyorlanishdi. Shuning uchun ham O‘zbekistonga koronavirus kirib kelganda bizda tayergarlik darajasi yuqori bo‘lgan.
Savol: Britaniyalik olimlarning D vitamini va quyosh nurining yetishmasligi koronavirusdan o‘lim holatini kuchaytirishi haqidagi taxminlari to‘g‘rimi?
Xabibulla Oqilov: D vitamini yetishmovchiligining koronavirusdan o‘lim holatini kuchatirishiga uzviy bog‘liqligi isbotlanmagan.
Haqiqatdan ham D vitamini yetishmovchiligi organizmda immunitet zaiflashishiga va uning kasalliklarga tez chalinishiga olib kelishi mumkin. Biroq bularning barchasi olimlarning taxminlari bo‘lib, bu borada izlanishlar davom etmoqda.
Savol: Virusdan himoya vositalari (niqob, qo‘lqop, ko‘zoynak va hokazo) o‘zimizda ishlab chiqariladimi yoki xorijdan keltirilyaptimi?
Xabibulla Oqilov: Karantin davrida respublikamizning bir qator kichik va o‘rta biznes tadbirkorlari barcha himoya vositalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishgan. Niqob, ustki himoya kiyimi, qo‘lqop va boshka dezinfeksiya vositalari kerakli mikdorda o‘zimizda ishlab chiqarilmokda.
Eslatib o‘tamiz, Respublikada koronavirus bilan bog‘liq 2217 ta holat qayd etilgan. Kasallanganlarning 1547 nafari sog‘aygan bo‘lsa, 10 nafari vafot etgan. Hozirda 660 nafar bemor davolanmoqda.
LiveBarchasi