O‘zbekistonda 14 kundan beri sog‘ayganlar soni kasallanganlar sonidan yuqori bo‘lmoqda (statistika)

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 14 kundan beri koronavirusdan butunlay sog‘ayganlar soni kasallik qayd etilgan ko‘rsatkichga nisbatan yuqori. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Statistikaga ko‘ra, 21 apreldan boshlab shifoxonaga davolanish uchun kirganlar soni, undan sog‘ayib chiqqanlar sonidan kam bo‘lmoqda. Xususan, oxirgi 3 kun davomida tegishli ravishda 48, 86, 96 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, ushbu kunlarda 31, 40, 18 nafar bemorda kasallik aniqlangan.

Sog‘ayish bo‘yicha eng katta ko‘rsatkich 23, 27, 28, va 29 aprel kunlari qayd etilgan. Ushbu kunlarda tegishli ravishda, 111, 103, 100 va 104 nafar bemor sog‘ayib chiqqan.

Foto: coronavirus.uz

Eslatib o‘tamiz, Respublikada koronavirus bilan bog‘liq 2207 ta holat qayd etilgan. Kasallanganlarning 1501 nafari sog‘aygan bo‘lsa, 10 nafari vafot etgan. Hozirda 696 nafar bemor davolanmoqda.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

87

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing