O‘zbekiston Osiyo chempionatida ilk medalini qo‘lga kiritdi

Sport

image

Ayni kunlarda Iordaniya poytaxti Amman shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati bahslari davom etmoqda. 9 noyabr kuni ayollar o‘rtasida yarim final janglari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonlik bokschilardan -66 kg vazn toifasida Navbahor Hamidova yarim finalda hindistonlik Boro Ankushitaga qarshi ringga ko‘tarildi va 4:1 hisobida g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. -75 kgda Sohiba Ro‘zmetova yarim finalda filippinlik bokschiga qarshi qiyin jangda g‘alabaga erishdi. 

O‘zbekiston vakillari orasida kechagi kun dasturini -48 kgda Farzona Fozilova yakunlab berdi. Shiddatli jangda Fozilova qozog‘istonlik Alua Blkibekovaga imkoniyatni boy berdi va musobaqaning bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, bugun, 10 noyabr kuni erkaklar o‘rtasida turnirning yarim final bahslari o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Boks Osiyo chempionati

Baholaganlar

161

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing