O‘zbekiston olimlari koronavirusga qarshi dori ixtiro qildi

Jamiyat

image

Bugun, 9 iyun kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi “China–Uzbekistan Medicine Technical Park” texnoparkida ishlab chiqilgan 19 500 dona “Rutan” dori vositasini O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga beg‘araz taqdim etdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti tomonidan  yaratilgan grippga qarshi original “Rutan” dori vositasi Xitoy olimlari tomonidan o‘tkazilgan sinovlar natijasida SARS CoV-2 tipidagi gripp virusini 78,3 foizga ta’sirini susaytirish xususiyatini namoyon qilgan. Bu haqda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi xabar berdi.

Shundan kelib chiqib, Rutan dori GMP talablariga javob beruvchi Xitoy-O‘zbekiston tibbiy texnoparkida tayyor dori vositasi sifatida ishlab chiqildi. 11 mingta o‘ram Rutan dori vositasi koronavirusga qarshi gumanitar yordam sifatida Eronga yuborilib, laboratoriya sinovlaridan ijobiy o‘tgan.

Avvalroq, O‘zbekistonda COVID-19 virusiga qarshi foydalanish uchun tayyorlangan 30 ga yaqin preparat Xitoyning Shanxay shahriga sinovdan o‘tkazish uchun yuborilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

3309

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing