O‘zbekiston og‘ir atletika terma jamoasi Osiyo chempionatiga jo‘nab ketdi

Sport

−

image

Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Bahraynga yo‘l oldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Murabbiy Jo‘rabek Zoirov boshchiligidagi o‘zbekistonlik sportchilar 8-16 oktyabr kunlari Manama shahrida o‘tadigan qit’a birinchiligida ishtirok etadi.

O‘zbekiston og‘ir atletika terma jamoasi quyidagi tarkibda Bahraynga jo‘nab ketdi:

-67 kg: Doston Yoqubov
-73 kg: Adhamjon Ergashev
-81 kg: Og‘abek To‘xtayev
-81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov
-89 kg: Sarvarbek Zafarjonov
-89 kg: Hojiakbar Olimov
-96 kg: Sunnatilla O‘sarov
-96 kg: Qurbonmurod Namozov
-102 kg: Sharofiddin Amriddinov
+109 kg: Mirxosil Mirzabayev
-55 kg: Jamila Panfilova
-59 kg: Nigora Abdullayeva
-76 kg: Nigora Suvonova
-81 kg: Rigina Adashbayeva
-87 kg: Tursunoy Jabborova

Avvalroq, olimpiada chempionlari Akbar Jo‘rayev va Ruslan Nuriddinov Osiyo chempionatini o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

3

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing