O‘zbekiston Ochlik va kambag‘allikka qarshi kurash bo‘yicha global alyansga qo‘shildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Ochlik va kambag‘allikka qarshi kurash bo‘yicha Global alyansga rasman qo‘shildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

"Bu Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini yaxshilash bo‘yicha global sa’y-harakatlarni kuchaytirish yo‘lidagi muhim qadamdir", deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, alyansga qo‘shilish global oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq ortib borayotgan muammolar va O‘zbekistonning ochlik, qashshoqlik va tengsizlik bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda faol ishtirok etish istagiga javoban amalga oshirilgan.

Qayd etilishicha, Global alyansga a’zo bo‘lish O‘zbekistonga tajriba almashish, xalqaro investitsiyalarni jalb etish hamda ushbu dolzarb masalalarni hal etish bo‘yicha boshqa davlatlar va tashkilotlar bilan qo‘shma dasturlarni amalga oshirish uchun noyob imkoniyatlar yaratadi. Bugungi kunga qadar hujjatlarga 100 dan ortiq davlat qo‘shilgan.

Ma’lumot uchun, alyansga a’zolik hukumatlar, xalqaro tashkilotlar, bilim institutlari, taraqqiyot jamg‘armalari va banklar, shuningdek, xayriya institutlari uchun ochiqdir. A’zo davlatlar alyans taklif qilayotgan siyosat vositalari va dasturlarini qabul qilishlari va boshqa a’zolardan texnik va moliyaviy yordam olishlari mumkin. Hozirgi kunda alyansga 97 davlat va 66 tashkilot a’zo sanaladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston global al'yans

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing