O‘zbekiston MTJ Tojikiston bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

Sport

−

image

Joriy yilning sentyabr oyi boshida futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Tojikiston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) xabar berdi.

4 sentyabr kuniga belgilangan ushbu o‘rtoqlik uchrashuvi O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo‘shma saralash bosqichining qoldirilgan o‘yinlari o‘tkazilishidan avval tayyorgarlik vazifasini bajaradi.

Ikki musobaqaning qo‘shma saralash o‘yinlari oktyabr va noyabr oylarida o‘tkazilishi belgilangan.

Uchrashuv 4 sentyabr kuni “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

41

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing