O‘zbekiston MTJ futbolchisi yangi jamoaga o‘tdi
Sport
−
09:28 1486 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Aziz G‘aniyev faoliyatini Birlashgan Arab Amirliklarining “Baniyas” klubida davom ettiradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
BAA klubi 28 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi. Kelishuv klub boshqaruv kengashi a’zosi Ahmad Al Jabriy ishtirokida rasmiylashtirilgan.
G‘aniyev uchun “Baniyas” BAAdagi uchinchi klub bo‘ladi. U bunga qadar “Shabab Al-Ahli” va “Al-Bataeh” jamoalari sharafini himoya qilgan. O‘tgan mavsumda futbolchi BAA chempionatida 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatma qayd etgan.
Qayd etish joizki, “Baniyas” safida avvalroq yana ikki nafar o‘zbekistonlik futbolchi – Otabek Shukurov va Akmal Mozgovoy ham faoliyat olib borgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Samarqandning “Dinamo” klubi himoyachisi Jahongir O‘rozov Rossiyaning “Rubin” klubiga o‘tgandi.
Live
Barchasi