O‘zbekiston MTJ FIFA reytingida yuqoriladi
Sport
−
03 aprel 2025 16914 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi mart oyi yakuniga ko‘ra FIFA reytingida 57-o‘ringa chiqib oldi. Bu haqda FIFA rasmiy sayti xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi fevral oyidagi reytingga qaraganda bir pog‘ona yuqorilab, 1437.02 ochko bilan 57-o‘rinni band etdi.
FIFA reytingida 1867.16 ochko jamg‘arib, Argentina terma jamoasi yetakchilik qilmoqda. Fevral oyida 3-o‘rinni qayd etgan Ispaniya bu safar 1854.64 ochko jamg‘arib, 2-o‘rinni band etdi. Fransiya esa bir pog‘ona pastlab, 3-o‘ringa joylashdi. To‘rtinchi pog‘onada Angliya, beshinchi o‘rinda esa Braziliya bormoqda.

Osiyo jamoalari orasida esa eng yuqori natija Yaponiyaga tegishli. Yaponlar mart oyidagi reytingga ko‘ra, 15-o‘rinni band etdi. Eron 18, Janubiy Koreya 23, Avstraliya 26, Qatar 55-o‘rinda qayd etilgan.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston milliy terma jamoasi mart oyida 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati Osiyo mintaqasi 3-saralash bosqichi doirasida Qirg‘izistonni mag‘lub etdi va Eronga qarshi o‘yinda durang qayd etdi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025