O‘zbekiston MTJ 10 yilda FIFA reytingida 35 ta o‘ringa ko‘tarilmoqchi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Hujjatda O‘zbekistonda futbolni 2030 yilgacha rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi va unda shu jumladan quyidagilar nazarda tutildi:

•    umumiy aholiga nisbatan futbol bilan muntazam shug‘ullanuvchilar sonini kamida 5 foizgacha yetkazish orqali respublikada futbolning ommaviyligini ta’minlash;

•    Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Federatsiyasining milliy terma jamoalar reytingida O‘zbekiston milliy terma jamoasining kuchli 50 talikka kirishiga erishish;

•    xususiy futbol maktablari va xususiy professional futbol maktablari sonini bosqichma-bosqich oshirish;

•    O‘zbekiston Respublikasida Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Federatsiyasi va Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tasnifiga kiruvchi chempionatlar va rasmiy xalqaro turnirlarni tashkil qilish va o‘tkazish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish, belgilangan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va samarali bajarish uchun mas’ul bo‘lgan vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyati muvofiqlashtirilishini ta’minlaydi.

Ma’lumot uchun, hozir O‘zbekiston FIFA reytingida 85-o‘rinni egallab turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

FIFA futbol

Baholaganlar

72

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing