O‘zbekiston maygacha xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashishni to‘xtatdi
Jamiyat
−
20 mart 2020
7645O‘zbekistonda transportning barcha turlarida joriy yilning may oyigacha xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish to‘xtatiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarori qaubl qilindi.
Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi 2020 yilning 20 mart kunidan e’tiboran xalqaro yo‘nalishlarda avtobus, yengil avtomobil, temir yo‘l va havo transportlari orqali yo‘lovchi tashuvlari 40 kun muddatga to‘xtatadi.
Ushbu cheklov, avtomobil, avia, temir yo‘l, daryo transportlarida amalga oshirilayotgan yuk tashuvlari va tashqi savdo yuklariga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 16 martidan e’tiboran O‘zbekistonda barcha aviaqatnovlar va transport orqali xalqaro yo‘lovchi tashish taqiqlangan edi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda bemorlar 23 nafarni tashkil etmoqda. Mamlakat bo‘ylab 16 ming kishi karantinga olingan.
LiveBarchasi