O‘zbekiston Markaziy Amerikadagi davlat bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi
Jamiyat
−
28 Sentabr
3238O‘zbekiston Markaziy Amerikadagi Bagama Orollari Hamdo‘stligi bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Ikki davlat o‘rtasidagi qo‘shma kommyunike Tashqi ishlar vazirlari – Baxtiyor Saidov va Frederik Mitchel tomonidan imzolandi.
“Mamlakatlarimiz orasidagi masofa uzoq bo‘lishiga qaramay samarali aloqalarni o‘rnatish uchun ko‘plab muhim imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladik”, deya yozgan Saidov.
Shu tariqa O‘zbekiston diplomatik aloqa o‘rnatgan davlatlar soni 156 taga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy hafta davomida O‘zbekiston Kabo-Verde, Seyshel orollari, Togo, Liberiya, Brundi va Botsvana bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgandi.
LiveBarchasi