O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tobora murakkablashmoqda – SSV
Jamiyat
−
09 yanvar 2022
16771O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tobora murakkablashmoqda. Mamlakat bo‘ylab ushbu kasallikka chalinganlar soni rasman 200 mingdan oshdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
8 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 369 nafarga ortib, 200 341 kishini tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
• 14 nafari Andijon viloyatida;
• 7 nafari Buxoro viloyatida;
• 15 nafari Jizzax viloyatida;
• 4 nafari Navoiy viloyatida;
• 6 nafari Namangan viloyatida;
• 42 nafari Samarqand viloyatida;
• 6 nafari Sirdaryo viloyatida;
• 1 nafari Surxondaryo viloyatida;
• 7 nafari Farg‘ona viloyatida;
• 16 nafari Xorazm viloyatida;
• 56 nafari Toshkent viloyatida;
• 195 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
• Andijon viloyatida 6 nafar;
• Buxoro viloyatida 4 nafar;
• Jizzax viloyatida 8 nafar;
• Qashqadaryo viloyatida 1 nafar;
• Namangan viloyatida 7 nafar;
• Samarqand viloyatida 40 nafar;
• Surxondaryo viloyatida 2 nafar;
• Farg‘ona viloyatida 9 nafar;
• Xorazm viloyatida 8 nafar;
• Toshkent viloyatida 14 nafar;
• Toshkent shahrida 22 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 197073 (+121) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1494 nafarni tashkil qilgan.
LiveBarchasi