O‘zbekiston xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilashga bel bog‘ladi

Jamiyat

image
O‘zbekiston “Doing Business” reytingida 7 pog‘ona ko‘tarildi north_east

O‘zbekiston “Doing Business” reytingida 7 pog‘ona ko‘tarildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni qabul qilgani haqida xabar bergan edik. 

Qaror bilan Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilashga doir “Yo‘l xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidentining “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishishga tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari shaxsan mas’ul ekanliklari haqida ogohlantirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–5635-son Farmoni 3-ilovasida ko‘rsatilgan xalqaro reytinglar indikatorlari bo‘yicha mamlakatning reyting ko‘rsatkichlari yaxshilanganligi yoki pasayganligidan kelib chiqib, vazirlik va idoralarga nisbatan rag‘batlantirish yoki jazolash choralarini qo‘llash tartibini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritishi belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan birga Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi “Biznes yuritish” yillik hisobotining qurilish uchun ruxsatnomalar olish, elektr ta’minoti tizimiga ulanish, mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda xalqaro savdo indikatorlari bo‘yicha “davlat xizmatlarining sirli mijozi” instituti qo‘llanilishini ta’minlaydi;

Savdo-sanoat palatasi va Davlat xizmatlari agentligining Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotining har bir indikatori bo‘yicha batafsil ma’lumotlar aks etgan maxsus portal sifatida Internet tarmog‘idagi businessinfo.uz saytidan foydalanish va uni doimiy yangilab borish haqidagi taklifi ma’qullandi.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2020 yil mart oyida o‘tkaziladigan Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida xalqaro hamjamiyat va xorijiy investorlarni O‘zbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari bilan keng tanishtirish hamda respublikaning “Biznes yuritish” reytingidagi o‘rnini yanada yaxshilash masalalarini muhokama qilishga bag‘ishlangan alohida seksiya panelini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.

“Biznes yuritish” yillik hisoboti indikatorlari uchun mas’ul vazirlik va idoralar 2020 yil 1 yanvarga qadar tegishli sohalarda amalga oshirilgan islohotlar, ularning amaliyotga tatbiq etilishini asoslovchi dalillar va statistik ma’lumotlardan iborat tahliliy materiallarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birga bir oy muddatda Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotining har bir indikatori bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar yuzasidan keng qamrovli targ‘ibot ishlarini o‘tkazish rejasini tasdiqlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

tadbirkorlik reyting

Baholaganlar

11

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing