O‘zbekiston dunyoning eng qudratli davlatlari reytingiga kirdi

Bu qiziq

−

image

O‘zbekiston joriy yilgi dunyoning eng qudratli va ta’sirli mamlakatlari reytingida 71-o‘rinni egalladi. Bu haqdagi ma’lumotlar “World Population Review” saytida e’lon qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘iston Markaziy Osiyodan ro‘yxatning birinchi yarmiga kirgan yagona mamlakat bo‘ldi. O‘zbekiston 71-pog‘onada joylashdi. 100 ta davlatdan iborat reytingga Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston kiritilmagan.

Birinchi o‘rinni Xitoy egalladi. Ikkinchi pog‘onada AQSH, uchinchida esa Hindiston joylashgan. Birinchi o‘ntalikka, shuningdek, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Meksika va Italiya kirgan. Rossiya 11-o‘rinni egallagan.

Reytingning oxirgi o‘rinlarini Seyshel orollari, Iroq, Panama, Bahrayn, Albaniya, Zimbabve, Mo‘g‘uliston, Livan va Kipr egallagan.

Reyting Pensilvaniya universitetining Uorton maktabi hamda BAV Group bilan hamkorlikda “U.S. News & World Report” tomonidan o‘tkaziladigan har yilgi “Best Countries” tadqiqoti ma’lumotlari asosida tuzilgan.

Mamlakatlarni baholashda ularning ta’sirini tashkil etuvchi turli omillar, jumladan, harbiy qudrati, iqtisodiy imkoniyatlari, siyosiy ta’siri, nufuzli geosiyosiy bloklardagi ishtiroki, shuningdek, savdo-iqtisodiy ta’siri hisobga olinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent Oxford Economics tashkilotining 2026 yilgi “Global Cities Index” reytingida 343-o‘rinni egallab, Markaziy Osiyo shaharlari orasida uchinchi natijani qayd etgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing