O‘zbekiston “Doing Business” reytingida 7 pog‘ona ko‘tarildi
Jamiyat
−
24 Oktabr 2019
6186O‘zbekiston Jahon bankining har yillik “Doing Business 2020” (Biznes yuritish 2020) reytingida 2019 yil yakunlariga ko‘ra, 190 mamlakat orasidan 69,9 ball to‘plab 69-o‘rinni egalladi. O‘tgan yili O‘zbekiston shu reytingda 76-o‘rinni egallagandi.
O‘zbekiston Tojikiston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston va Kosovo bilan birgalikda tadbirkorlik muhitini yaxshilashda katta yutuqqa erishgan davlatlarning top-20 taligiga kirdi.
Jahon bankiga ko‘ra minoritar investorlarni himoya qilish, soliq siyosatini soddalashtirish, bojxona mexanizmini yo‘lga qo‘shib, xalqaro savdoni osonlashtirish, tuzilgan shartnomalarni amalga oshirishni ta’minlash kabi sohalardagi islohotlar O‘zbekistondagi tadbirkorlik muhitini yaxshilashda asosiy o‘rin egallagan.
Hisobotda quyidagi ko‘rsatkichlarni tahlil qilish orqali mamlakatdagi biznes yuritish muhiti baholanadi:
1. Korxonlarning tashkil etilishi
2. Qurilish uchun ruxsatnoma olish
3. Elektr ta’minotiga ulanish
4. Mulni ro‘yxatga olish
5. Kredit olish
6. Minoritar investorlar himoyasi
7. Soliqqa tortish
8. Xalqaro savdo
9. Shartnomalar bajarilishini ta’minlash
10. To‘lovga qodir bo‘lmaslikni hal qilish
Ishchi yollash ham qo‘shimcha indikator sifatida baholangan, biroq ro‘yxtga kiritilmagan.
O‘zbekiston “To‘lovga qodir bo‘lmaslikni hal qilish” ko‘rsatkichidan boshq barcha ko‘rsatkichlarni yaxshilagan.
Reytingning dastlabki o‘ntaligiga Yangi Zelandiya, Singapur, Gonkong, Daniya, Koreya Respublikasi, AQSH. Gruziya, Buyuk Britaniya, Norvegiya va Shvetsiya kirgan. Reyting yetakchilarida biznesini ro‘yxatdan o‘tkazish va mulkni boshqa birovga berishda onlayn tizim yo‘lga qo‘yilgan hamda soliq deklaratsiyasini topshirishda ham elektron platforma ishga tushirilgani qayd etilgan.
Sobiq Sovet ittifoqi tarkibida bo‘lgan davlatlar reytingi:
Gruziya – 7;
Litva – 11;
Estoniya – 18;
Latviya – 19;
Qozog‘iston – 25;
Rossiya – 28;
Ozarbayjon – 34;
Armaniston – 47;
Moldova – 48;
Belarus – 49;
Ukraina – 64;
O‘zbekiston – 69;
Qirg‘iziston – 80;
Tojikiston – 106.
Ma’lumot uchun, Jahon banki 2003 yildan beri mamlakatlarning “Biznes yuritish” reytingini e’lon qilib keladi.
LiveBarchasi