O‘zbekiston FIFA reytingida yuqoriladi

Sport

−

image

Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlaridan so‘ng O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida bir pog‘ona yuqoriladi va 1416,61 ochko bilan 59-o‘rinni egalladi. FIFA terma jamoalarning yangilangan reytingida keltirilgan.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi hisobiga o‘rtoqlik uchrashuvlari doirasida umumiy 6,88 ochko qo‘shilgan:

  • Eron terma jamoasiga qarshi g‘alaba – +6,83 ochko;
  • Suriya terma jamoasiga qarshi g‘alaba – +3,75 ochko;
  • Koreya Respublikasi terma jamoasiga qarshi mag‘lubiyat – -3,70 ochko.

Umumiy reytingning yuqori o‘nligi quyidagicha:

Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreyadan tashqari O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy xalqaro tanaffusda Eron (3:1) va Suriya (4:1) terma jamoalari bilan ham o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi va har ikkala uchrashuvda ham g‘alaba qozondi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing