Klopp FIFA prezidentini almaştirişga çaqirdi
Sport
−
11:37 548 1 daqiqa
Germaniyalik mutaxassis Yurgen Klopp Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) rahbariyatida özgarişlar bölişi kerakligini ta’kidladi. Bu haqda Klopp “Sky Sport” naşriga bergan intervyusida söz oçdi.
“Hozir rahbariyat özgarişi mantiqan töğri bölişi haqida deyarli hamma bir fikrda. Blatterdan keyin vaziyat bundan ham yomonlaşişi mumkin emas, deb öylagandik. Ammo keyin bugungi holatga kelib qoldik”, deya Klopp.
Germaniyalik mutaxassis, şuningdek, FIFA’ni futbolni moliyaviy manfaatlardan ustun qöyadigan inson boşqarişiga umid bildirgan.
Avvalroq, FIFA prezidenti Janni Infantino taşkilotning tijoriy loyihalariga xususiy investorlarni jalb qiliş rejalari sabab tanqidga uçragan edi. Futbol konfederatsiyalari vakillari ham uşbu taşabbusga qarşi çiqqan.
Eslatib ötamiz, avvalroq “Arsenal” jamoasi sobiq boş murabbiyi Arsen Venger FIFA prezidenti lavozimi uçun bölajak saylovda öz nomzodini qöyişi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi