O‘zbekiston xalqaro aeroportlarida ayrim reyslar qoldirildi
Jamiyat
−
17 fevral
5921Bugun, 17 fevral kuni Uzbekistan Airports Olmaota, Istanbul, Jidda va boshqa shaharlarga parvozlar kechikishi sababini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, ayni vaqtda Toshkent va Urganchdan 7 ta xalqaro shaharlarga parvozlar vaqti kechikmoqda. Jumladan:
- HY-341 Toshkent – Sharm ash-Sheyx reysi reja bo‘yicha mahalliy vaqt bilan 09:00 ga belgilangan, hozirda soat 12:00 ga qoldirilmoqda;
- HY-667 Toshkent – Novosibirsk reysi reja bo‘yicha mahalliy vaqt bilan 12:30 ga belgilangan, hozirda soat 13:10 ga qoldirildi;
- KS-128 Toshkent – Olmaota reysi reja bo‘yicha mahalliy vaqt bilan 14:35 ga belgilangan, hozirda soat 15:50 ga qoldirildi;
- HY-501 Toshkent – Pekin reysi reja bo‘yicha mahalliy vaqt bilan 13:50 ga belgilangan, hozirda soat 17:20 ga qoldirildi;
- HY-273 Toshkent – Istanbul reysi reja bo‘yicha mahalliy vaqt bilan 16:50 ga belgilangan, hozirda soat 18:00 ga qoldirildi.
Centrum Air aviakompaniyasining C6-7712 Urganch – Jidda reysi reja bo‘yicha mahalliy vaqt bilan 09:00 ga belgilangan hozirda soat 12:30 ga qoldirildi. Panorama Airways aviakompaniyasining 5P-5359 Toshkent – Jidda reysi rejalashtirilgan uchish vaqti mahalliy vaqt bilan 12:20, hozirda soat 15:00 ga qoldirildi.
Eslatib o‘tamiz, kecha Qozog‘istonda kuchli qor bo‘roni sabab aviareyslar bekor qilingan edi.
LiveBarchasi
Farg‘onada qiymati 76 mln so‘mlik “paqqilloqlar” ushlandi
07 noyabr 2023
Shavkat Mirziyoyev Qatar sobiq bosh vazirini qabul qildi
07 noyabr 2023
Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtaye G‘azodagi urush sabab halok bo‘lgan bolalar haqida gapirayotib yig‘lab yubordi
07 noyabr 2023